Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash orqali daromadi yuqori bo‘lmagan hamda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan oilalar, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, mamlakatimiz ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yoshlar va shu toifadagi boshqa aholi qatlamlariga ko‘maklashish va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj oilalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashda manzillilik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vavzirlar Mahkamasining 2020 yil 25 martda 182-sonli qarori bilan Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlangan.
Nizom quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
uy-joy sotib olishga ipoteka kreditining boshlang‘ich badal va (yoki) foizlarning bir qismini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish;
uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolar tomonidan subsidiya olish uchun ariza berish, ariza beruvchini ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash;
tuman (shahar)da uy-joy sotib olish uchun subsidiya to‘lanadigan talabgorlarni tanlash bo‘yicha komissiyalar faoliyatini tashkil etish va ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash natijalarini ko‘rib chiqish;
sotib olinadigan uy-joylarni aniqlash, ajratiladigan ipoteka krediti bo‘yicha subsidiyani hisoblash, ipoteka kreditini rasmiylashtirish va subsidiyalarni to‘lab berish tartibi.
Nizomda Davlat xizmatlari agentligi hududiy bo‘linmalari va yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali uy-joy sotib olish uchun subsidiya to‘lanadigan shaxslarni tanlash jarayonida ko‘rsatiladigan xizmatlari;
tegishli tashkilotlar tomonidan uy-joy sotib olish uchun subsidiya to‘lanadigan shaxslarni tanlashda foydalaniladigan ma’lumotlar (hujjatlar) istisno tariqasida to‘lovlarsiz amalga oshirilishi;
har yili davlat budjetidan shahar va qishloq joylarida qurilgan ko‘p qavatli uylardan birlamchi bozorda kvartiralar sotib olishda ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich badal va (yoki) foiz xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida ajratiladigan subsidiyalar tegishli moliya yili uchun tasdiqlangan parametrlar doirasida amalga oshirilishi belgilangan
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi Markaz bilan birgalikda 2020 yil 1 iyulga qadar uy-joy sotib olish uchun subsidiya to‘lanadigan shaxslarni ballar asosida baholash dasturiy ta’minot tizimi yaratilishini va YAIDXPga integratsiyalashuvini ta’minlashi va kelgusida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi dasturiy ta’minotning operatori etib belgilanganishi ko‘zda tutilgan.