Subsidiya olish uchun fuqarolarga qo‘yiladigan talablar

Subsidiya olish uchun fuqarolarga qo‘yiladigan talablar


Ariza beruvchi quyidagi talablar asosida ijtimoiy mezonlarga muvofiqligi belgilanadi:

1.Ariza beruvchi va uning oila a’zolari orasida surunkali kasallikning og‘ir turlaridan azob chekuvchi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq alohida xonada yashashga muhtoj bo‘lgan shaxslar, birinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning, yolg‘iz o‘zi og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallika chalingan bolani parvarishlayotgan ayollarning mavjudligi;

2.Ariza beruvchini turar joyda ijara shartlari asosida yoki boshqa oilalar bilan bir uyda (bir kvartirada) yashashi;

3.Ariza beruvchi va xotini (eri), ular bilan bir uyda birgalikda yashovchi ota-onasi hamda farzandlarining (shu jumladan, asrab olingan farzandlarining (arizada ko‘rsatilgan holatlarda) daromadlari mavjudligi;

4.Ariza beruvchining kam ta’minlanganligi;

5.“Mehnat — migratsiya” dasturida ro‘yxatdan o‘tganligi hamda xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotganligi (oshirganligi);

6.Ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush o‘rtog‘i va farzandlarida mulk huquqi bilan turar joyning bor-yo‘qligi, yashash uchun yaroqsiz turar joyda yashashi, uy-joy umumiy maydonining bir shaxs uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ijtimoiy normaga muvofiq emasligi;

7.Ariza beruvchining og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashgan muhtoj onalar — toifasiga mansubligi;

8.Ariza beruvchining alohida namuna ko‘rsatayotgan yosh oilalar toifasiga mansubligi;

9.Ariza beruvchining yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar toifasiga mansubligi;

10.Ariza beruvchi fuqaro (birgalikda qarz oluvchi)ning ajratiladigan ipoteka krediti bo‘yicha to‘lov qobiliyati mavjudligi, kredit tashkilotlaridan avvalgi olingan kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorliklarining mavjud emasligi.

Agar ariza beruvchining o‘rtacha oylik daromadlari miqdori belgilangan me’yorlardan kam bo‘lsa, uning daromadlari hisob-kitobiga xotini (eri), ular bilan bir uyda birgalikda yashovchi ota-onasi hamda farzandlarining (shu jumladan, asrab olingan farzandlari) daromadlari ham kiritilishi mumkin.

Bizning yangiliklarimizga obuna bo'ling