Komissiya arizalarni navbat asosida ularning qayd etilishi ketma-ketligiga muvofiq ko‘rib chiqadi. Komissiya yig‘ilishlari, ularning oshkoraligi va xolisligini ta’minlash maqsadida uzluksiz videotasvirga (ovozli) tushiriladi hamda tuman (shahar) iqtisodiyot va sanoat bo‘limida uch yil mobaynida saqlanadi.
Komissiya talabgorlarni aniqlash bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlar, mas’ul tashkilotlarning baholash natijalarini olgan kundan boshlab 7 ish kuni ichida ularning ushbu Nizom talablariga muvofiqligini o‘rganib chiqadi.
Komissiya taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlar asosida hamda ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash natijalariga ko‘ra ariza beruvchiga ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Subsidiya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida komissiya elektron reyestrni yuritadi.
Ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha komissiya yig‘ilishining bayonnomasi rasmiylashtirilib, subsidiya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida komissiyaning QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan qarori qabul qilinadi va tegishli tuman (shahar) Davlat xizmatlari markaziga xabarnoma yuboriladi. Ushbu xabarnoma Davlat xizmatlari markazi tomonidan bir ish kunida ariza beruvchiga yuboriladi.
YIDXP orqali elektron tarzda murojaat etilganda komissiya tomonidan subsidiya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risidagi xabarnoma elektron shaklda ariza beruvchiga yuboriladi.
Komissiya - tegishli tuman (shahar) hokimi qarori bilan tasdiqlangan tuman (shahar)da subsidiya to‘lanadigan fuqarolarni tanlab olish bo‘yicha quyidagi namunaviy tarkibda shakllantiriladi.
_______________ tumani (shahri)da subsidiya
to‘lanadigan talabgorlarni tanlab olish
bo‘yicha komissiyaning namunaviy
TARKIBI
Lavozimiga ko‘ra |
- |
Tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Komissiya raisi |
Lavozimiga ko‘ra |
- |
Tuman (shahar) xalq qabulxonasi rahbari, Komissiya raisi o‘rinbosari |
Lavozimiga ko‘ra |
- |
Tuman (shahar) hokimi o‘rinbosari - mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i |
Lavozimiga ko‘ra |
- |
Tuman (shahar) moliya bo‘limi boshlig‘i |
Lavozimiga ko‘ra |
- |
Tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori |
Lavozimiga ko‘ra |
- |
O‘zbekiston yoshlar ittifoqining tuman (shahar) kengashi rahbari |
Lavozimiga ko‘ra |
- |
Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi rahbari |
Lavozimiga ko‘ra |
- |
Ishtirok etuvchi tijorat bankining tuman (shahar) filiali rahbari |
Lavozimiga ko‘ra |
- |
Tuman (shahar) iqtisodiyot va sanoat bo‘limi boshlig‘i*, Komissiya kotibi |
*) Toshkent shahrining tumanlarida iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i.