Ipoteka krediti banklar tomonidan qaytarishlik, to‘lovlilik, ta’minlanganlik, muddatlilik va maqsadlilik shartlarida beriladi.
Tayyor holda topshirish sharti bilan qurib bitkazilgan ko‘p kvartirali uy-joylardagi kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish hamda yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) ishlari uchun Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablag‘lar hisobidan fuqarolarga ipoteka krediti banklar tomonidan quyidagi shartlar asosida ajratiladi:
1. Bozor stavkasida*;
2. 20 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga;
3. Boshlang‘ich badali sotib olinadigan kvartira va yakka tartibda qurilayotgan (rekonstruksiya qilinayotgan) uy-joy qiymatining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda;
4. Bir qarz oluvchiga beriladigan ipoteka kreditlari belgilangan ipoteka kreditining eng ko‘p miqdoridan oshmaydigan miqdorda:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — 327 250 ming so‘mgacha;
Toshkent shahrida — 416 500 ming so‘mgacha beriladi.
Qarz oluvchilarga ularning xohishiga ko‘ra 6 oylik imtiyozli davr bilan va kredit to‘lovlari bo‘yicha annuitet yoki differensial to‘lovlar tartibi tatbiq etilishi mumkin;
*foiz stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, mutanosib ravishda kamayadi, oshirilgan taqdirda esa o‘zgarishsiz qoladi.