Qarz oluvchilarga qo‘yiladigan talablar

Qarz oluvchilarga qo‘yiladigan talablar


Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibi doirasida qarz oluvchilarga quyidagi muvofiqlik mezonlari belgilanadi.

  1. Ipoteka krediti olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan
    va 60 yoshdan oshmagan
    O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
  2. Doimiy ish joyiga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xo‘jaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga, shuningdek, ipoteka krediti bo‘yicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni to‘lov jadvaliga muvofiq har oyda to‘lash uchun yetarli bo‘lgan qonun hujjatlarida taqiqlanmagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromad manbaiga ega bo‘lishi;
  3. Qarz yuki ko‘rsatkichi* (ipoteka krediti bo‘yicha foiz xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya berish nazarda tutilgan hollarda mazkur subsidiyani hisobga olgan holda) 70 foizdan yuqori bo‘lmasligi;
  4. Ipoteka krediti olish uchun birlamchi uy-joy bozorida sotib olinadigan kvartira qiymatining kamida 15 foizi** miqdorida boshlang‘ich badalni shakllantirish (to‘lash) imkoniyatiga ega bo‘lishi;
  5. Sotib olinadigan kvartira yoki quriladigan (qayta quriladigan) yakka tartibdagi uy-joyning qiymati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil
    11-martdagi PF-6186-son
    Farmonining 3-ilovasida belgilangan uy-joyning hisoblangan qiymatidan oshib ketgan taqdirda, qiymatning qolgan qismini shakllantirish (to‘lash) imkoniyatiga ega bo‘lishi;
  6. Ipoteka kreditini ajratishni ko‘rib chiqish vaqtida kredit tashkilotlaridan avval olingan kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;
  7. Yakka tartibdagi uy-joy qurish (qayta qurish) uchun yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqiga va belgilangan tartibda kelishilgan loyiha-smeta hujjatlariga ega bo‘lishi.

*qarz yuki ko‘rsatkichi hisob-kitoblarida qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning o‘rtacha oylik daromadlari miqdori ular tomonidan oxirgi 12 oy mobaynidagi (12 oydan kam ishlangan taqdirda — ishlangan davr uchun) olgan daromadlari miqdorining o‘rtacha arifmetik qiymati sifatida hisoblanadi.

**shu jumladan, boshlang‘ich badalning eng ko‘p miqdori 10 foizi uchun subsidiya to‘lanadigan shaxslarni inobatga olgan holda

Bizning yangiliklarimizga obuna bo'ling