Mas’ul tashkilotlar

Mas’ul tashkilotlar


Ariza beruvchi taqdim etilgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlar asosida ijtimoiy mezonlarga mos kelishini aniqlash va baholash quyidagi mas’ul tashkilotlarning tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi:

tibbiyot birlashmasi;

ichki ishlar bo‘limi (boshqarmasi);

moliya bo‘limi;

davlat soliq inspeksiyasi;

aholi bandligiga ko‘maklashish markazi;

yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi;

tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari;

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining tuman (shahar) kengashi;

tuman (shahar) hokimligi;

ishtirok etuvchi tijorat banklari.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida mas’ul tashkilotlar ariza beruvchining ijtimoiy mezonlarga muvofiqligini o‘rganib chiqadi va ballar ko‘rinishida baholaydi.

Ballar bu uy-joyga muhtoj fuqarolarni aniqlash va ularning ijtimoiy ustuvorligini belgilash uchun foydalaniladigan ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholar to‘plami hisoblanadi.

Ijtimoiy mezonlar asosida baholangan ariza beruvchi 30 va undan yuqori ball to‘plagan taqdirda talabgor sifatida tan olinib, uy-joy sotib olish uchun ipoteka krediti bo‘yicha subsidiya olishga haqli deb hisoblanadi.

Uy-joyga muhtoj fuqarolarni aniqlashning ijtimoiy¶mezonlari quyidagi jadvalda keltirilgan.

Т/р Mezonlar Ball Mas’ul organ
I. Ariza beruvchi va/yoki uning oilasining daromadi(mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori MHTEKM asosida
Qishloq joylarda (tuman va tuman markazlari)*
1. MHTEKMning 3,8 dan kam bo‘lmagan 4,5 dan ko‘p bo‘lmagan 10 Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi
2. MHTEKMning 4,6 dan kam bo‘lmagan 5,2 dan ko‘p bo‘lmagan 6
3. MHTEKMning 5,3 dan kam bo‘lmagan 5,8 dan ko‘p bo‘lmagan 2
Shaharlarda(Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar shaharlari)*
1. MHTEKMning 4,0 dan kam bo‘lmagan 5,0 dan ko‘p bo‘lmagan 10 Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi
2. MHTEKMning 5,1 dan kam bo‘lmagan 6,0 dan ko‘p bo‘lmagan 6
3. MHTEKMning 6,1 dan kam bo‘lmagan 6,5 dan ko‘p bo‘lmagan 2
Toshkent shahrida*
1. MHTEKMning 4,5 dan kam bo‘lmagan 6,0 dan ko‘p bo‘lmagan 10 Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi
2. MHTEKMning 6,1 dan kam bo‘lmagan 7,5 dan ko‘p bo‘lmagan 6
3. MHTEKMning 7,6 dan kam bo‘lmagan 9,0 dan ko‘p bo‘lmagan 2
II. Hozirgi turar joy maqomi**
1. Ijara (er-xotin o‘z mulkida uy-joyi mavjud emas) 20 Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi,Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi
2. Egasining ruxsati bilan tekin turar joy (er-xotin o‘z mulkida uy-joyi mavjud emas)
III. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan ayrim shaxslar
1. "labor-migration" dasturida ro‘yxatdan o‘tgan mehnat migranti 10 Tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazi
2. Yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar 10 Tuman (shahar) hokimligi
3. Alohida namuna ko‘rsatayotgan yosh oilalar 10 O‘zbekiston yoshlar ittifoqining tuman (shahar) kengashi
4. Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollar*** 10 Tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi
5. Yagona (yolg‘iz) boquvchiga ega bo‘lgan oila (erkak yoki ayol) 9
6. Boshqalar 0
IV. Ariza beruvchi va uning oilasidagi shaxslarningquyidagi toifaga mansubligi****
1. Birinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxs 10 Tuman tibbiyot birlashmasi xulosasi
2. Surunkali kasallikning og‘ir turlaridan azob chekuvchi 10
3. Og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan bolani parvarishlayotgan 10
Jami ball: 50

*) O‘rtacha oylik daromadi:

qishloq joylarda - MHTEKMning 3,8 baravaridan kam va 5,8 baravaridan ko‘p;

shaharlarda - MHTEKMning 4,0 baravaridan kam va 6,5 baravaridan ko‘p;

Toshkent shahrida - MHTEKMning 4,5 baravaridan kam va 9,0 baravaridan ko‘p bo‘lgan oilalarga subsidiya ajratilmaydi.

**) To‘liq o‘z mulkida uy-joyga ega bo‘lgan oilalar (er yoki xotin)ga subsidiya ajratilmaydi.

***) III bo‘limdagi "Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollar" mezoni bo‘yicha 10 ball olgan nomzodlarga IV bo‘lim mezonlari bo‘yicha ball berilmaydi.

Shuningdek, IV bo‘lim mezonlari bo‘yicha 10 ball olgan nomzodlarga III bo‘limdagi "Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollar" mezoni bo‘yicha ball berilmaydi.

****) IV bo‘lim bo‘yicha ball bitta mezonga beriladi.

Bizning yangiliklarimizga obuna bo'ling