Tijorat banklari uchun dasturda ishtirok etish shartlari

Tijorat banklari uchun dasturda ishtirok etish shartlari


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 5 fevraldagi 56-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablag‘lar hisobidan ipoteka kreditlari ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan.

Ushbu Nizom bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklariga joylashtirilgan mablag‘lar hisobidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga ipoteka kreditlari ajratish tartibini belgilaydi.

Moliya vazirligi tomonidan ipoteka kreditlari uchun mablag‘lar ajratishda tijorat banklariga yangi tartib dasturida ishtirok etish uchun quyidagi muvofiqlik mezonlari belgilangan:

bankda yangi tartib doirasida ipoteka kreditlarini ajratish yuzasidan aniq belgilangan ichki tartib mavjud bo‘lishi;

bank "Fitch Ratings" yoki "Standard & Poor's" reyting agentliklarining "B" darajasidan yoki "Moody's Investors Service" reyting agentligining "B2" reytingidan past bo‘lmagan darajada uzoq muddatli kredit reytingiga ega bo‘lishi;

oxirgi uch yillik moliyaviy hisobotlar bo‘yicha auditorlik tashkiloti ijobiy xulosasining mavjudligi;

bankning regulyativ kapitali 500 milliard so‘mdan kam bo‘lmasligi;

bank davlat budjeti mablag‘lari, shu jumladan, Moliya vazirligi tomonidan yangi tartibga muvofiq joylashtirilgan mablag‘lar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlikka ega bo‘lmasligi;

Markaziy bank tomonidan belgilangan prudensial normativlar buzilganligi sababli unga nisbatan ipoteka krediti berilishiga to‘sqinlik qiluvchi amaldagi chora va sanksiyalar mavjud bo‘lmasligi lozim.

Bizning yangiliklarimizga obuna bo'ling