Tadbirkorlik sub’yektlari uy-joylar loyihalarini buyurtmachi aralashuvisiz o‘zlari mustaqil ravishda tayyorlaydilar;
Uy-joylar qurilishini o‘z mablag‘lari va bozor tamoyillariga asoslangan bank krediti hisobidan amalga oshiradilar;
Aholi birlamchi bozordagi yangi qurilgan uy-joyni, joylashgan joyi va maydonidan qat’iy nazar mustaqil tanlaydi;
Ipoteka bozorini uzoq muddatli resurslar bilan ta’minlash maqsadida Moliya vazirligi davlat byudjetidan pul mablag‘larini tijorat banklariga 20 yil muddatga bozor shartlari asosida (13 foizdan) joylashtiradi;
Tijorat banklari tomonidan ipoteka kreditlari bozor stavkasi (Moliya vazirligi mablag‘lari bo‘yicha Markaziy bank asosiy stavkasining 45 foizi miqdorida marja bilan) bo‘yicha taqdim etiladi;
Uy-joylarning hisoblangan qiymatidan kelib chiqib ipoteka kreditining eng yuqori miqdori belgilanadi;
Kvartira qiymatining uy-joy hisoblangan qiymatidan oshgan va kredit bilan qoplanmagan qismi qarz oluvchining o‘z mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.
Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaygan taqdirda ipoteka kreditlari va Moliya vazirligi resusrlari foiz stavkalari pasayadi, ko‘tarilganda o‘zgarmasdan qoladi;
Daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj oilalarga ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal va foizlarning bir qismini qoplash uchun Davlat byudjetidan subsidiyalar to‘lanadi.