Subsidiya to’lash tartibi

Subsidiya to’lash tartibi


Talabgor subsidiya to’lanishi to’g’risidagi ijobiy xabarnomani olgandan so’ng o’zining real daromadi va imkoniyatlaridan kelib chiqib mo’ljallayotgan uy-joyni, uning hisoblangan qiymatidan oshmagan haqiqiy qiymatini inobatga olgan holda ipoteka krediti orqali sotib olish bo’yicha xususiy qurilish (pudrat) tashkiloti bilan shartnoma tuzadi.

Ipoteka kreditini belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun talabgor istalgan ishtirok etuvchi tijorat bankiga uy-joy sotib olish uchun subsidiya taqdim etish to’g’risidagi xabarnomani va uy-joyni ipoteka shartlari asosida sotib olish bo’yicha qurilish tashkiloti bilan tuzilgan shartnomani hamda fuqaro o’ziga tegishli bo’lgan badal mablag’larini bankdagi hisobvarag’iga joylashtirganligi to’g’risidagi ma’lumotnomani hamda bank tomonidan belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim qiladi.

Tijorat banki bir ish kuni ichida tuman (shahar) g’aznachilik bo’limlariga boshlang’ich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya summasini to’lashga buyurtmanomani yuboradi.

Tuman (shahar) g’aznachilik bo’limlari uch ish kuni mobaynida ipoteka krediti bo’yicha boshlang’ich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya summasini tijorat banki tomonidan ko’rsatilgan hisobvarag’iga o’tkazib beradi.

Sotib olinadigan uy-joylar bo’yicha ipoteka kredit shartnomasi talabgor tomonidan to’lanishi lozim bo’lgan boshlang’ich badal to’liq shakllantirilgandan (boshlang’ich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya to’langan hollarda - subsidiya summasi o’tkazilgandan) so’ng ishtirok etuvchi tijorat banki talabgor bilan bir ish kunida ipoteka krediti shartnomasini tuzadi.

Talabgor tomonidan ipoteka krediti shartnomasi boshlang’ich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya summasi o’tkazilgan sanadan boshlab o’ttiz kun ichida uzrli sabablarsiz rasmiylashtirilmagan taqdirda, ishtirok etuvchi tijorat banki subsidiya mablag’larini tuman (shahar) g’aznachilik bo’limining tegishli hisobvarag’iga qaytaradi.

Talabgorlarga shahar va qishloq joylarda uy-joylarni sotib olish uchun ipoteka kreditlari ajratilgan kundan boshlab ishtirok etuvchi tijorat banklari tomonidan uch ish kuni ichida tuman (shahar) g’aznachilik bo’limlariga ipoteka kreditlari bo’yicha to’lovlarni qaytarish grafiklari ilova qilingan holda foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar to’lashga buyurtmanomalar bilan talabgorlarning tegishli hisobvaraqlari rekvizitlari yuboriladi.

Tuman (shahar) g’aznachilik bo’limlari tomonidan ipoteka kreditlari bo’yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar summasi har oyning 25 kuniga qadar o’tkazib beriladi.


Subsidiya to’lash sxemasi

1-bosqich

Talabgor

O’zining real daromadi va imkoniyatlaridan kelib chiqib mo’ljallayotgan uy-joyni, uning hisoblangan qiymatidan oshmagan haqiqiy qiymatini inobatga olgan holda ipoteka krediti orqali sotib olish bo’yicha xususiy qurilish (pudrat) tashkiloti bilan shartnoma tuzadi.

Subsidiya berish to’g’risidagi qarorni olgandan so’ng 1 oy mobaynida

Ipoteka kreditini belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun talabgor istalgan ishtirok etuvchi tijorat bankiga uy-joy sotib olish uchun subsidiya taqdim etish to’g’risidagi xabarnomani va uy-joyni ipoteka shartlari asosida sotib olish bo’yicha qurilish tashkiloti bilan tuzilgan shartnomani hamda fuqaro o’ziga tegishli bo’lgan badal mablag’larini bankdagi hisobvarag’iga joylashtirganligi to’g’risidagi ma’lumotnomani hamda bank tomonidan belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim qiladi.

2-bosqich

Ishtirok etuvchi

tijorat banki

va moliya bo’limi

1. Ishtirok etuvchi tijorat banki talabgorning hujjatlarini o’rganib chiqadi.

2. Ajratiladigan ipoteka krediti bo’yicha davlat byudjetidan talabgorga qoplab berilishi mumkin bo’lgan subsidiya summasini aniqlaydi.

3 ish kuni mobaynida

3-bosqich

Ishtirok etuvchi

tijorat banki

Tuman (shahar) g’aznachilik bo’limlariga boshlang’ich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya summasini to’lashga buyurtmanoma yuboradi.

1 ish kuni ichida

4-bosqich

Hududiy g’aznachilik bo’limi

Ipoteka krediti bo’yicha boshlang’ich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya summasini tijorat banki tomonidan ko’rsatilgan hisobvarag’iga o’tkazib beradi.

3 ish kuni mobaynida

5-bosqich

Ishtirok etuvchi tijorat banki

Talabgor bilan ipoteka kreditini ajratish to’g’risida shartnoma imzolaydi hamda ipoteka kreditini rasmiylashtiradi.

1 ish kuni mobaynida

Ipoteka kreditini ajratish to’g’risida shartnoma va unga ilova (to’lovlar jadvali)ni ipoteka krediti foizini har oyda to’lab borish uchun subsidiya ajratilishi bo’yicha hududiy g’aznachilik bo’limlariga yuboradi.

Ipoteka krediti taqdim etilganidan so’ng 3 ish kuni mobaynida

6-bosqich

Hududiy g’aznachilik bo’limi

Ipoteka foizlarining bir qismini qoplash uchun mablag’larni o’tkazib boradi.

Har oyning 25 sanasigacha

Bizning yangiliklarimizga obuna bo'ling