So‘nggi yillarda olib borilayotgan islohotlar natijasida mamlakatimizda ipoteka bozorini rivojlantirish va aholini uy-joy bilan ta’minlash masalasiga jiddiy e’tibor berilmoqda.
Uy-joy siyosatini takomillashtirish jumladan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj oilalarni ijtimoiy va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, xususiy pudrat tashkilotlarini uy-joy qurilishi sohasiga keng jalb etish bo‘yicha oxirgi ikki yilda O‘zbekiston Resupblikasi Prezidentining 4 ta Farmoni va 1 ta qarori hamda Vazirlar Mag‘kamasining 6 ta qarori qabul qilindi.
Yaratilayotgan yangi shart-sharoitlar va amalga oshirilayotgan islohotlarning ko‘lamini yoritish jarayonida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aholiga qulay va markazlashgan shaklda yetkazish uchun onlayn platforma yaratish zarurati paydo bo‘ldi.
Aholi orasida ipoteka krediti mexanizmlaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirish maqsadida O‘zbekiston Resupblikasi Prezidentining 2019 yil 13 maydagi “Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish va kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5715-son Farmoni qabul qilindi.
Ushbu Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasida 2019 — 2021 yillarda ipoteka krediti tizimini rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasi tasdiqlangan bo‘lib unga muvofiq uy-joylar qurish davlat maqsadli dasturlari, shaxsiy va ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi narxi, soni va joylashuvi to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtirilgan veb-portalni Moliya vazirligi tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Markaziy bank bilan birgalikda ishlab chiqish belgilangan edi.
Shu bilan birga O‘zbekiston Resupblikasi Prezidentining 2021 yil 11 martdagi “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6186-son Farmoniga muvofiq 2021 yil 1 mayga qadar Moliya vazirligi tomonidan aholiga qulay shaklda quyidagi ma’lumotlarni taqdim etuvchi ipoteka bozori veb-portalini ishga tushirish yuklatilgan.
Mazkur faoliyat yuritayotgan veb-portal quyidagi ma’lmuotlarni o‘z ichiga oladi: