Ipoteka kreditlarini ajratish tartibi

Ipoteka kreditlarini ajratish tartibi


Ipoteka krediti banklar tomonidan qaytarishlik, to‘lovlilik, ta’minlanganlik, muddatlilik va maqsadlilik shartlarida beriladi.

Pudrat tashkiloti tomonidan qurilgan kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish hamda yakka tartibdagi uy-joyni qurish (qayta qurish) ishlari uchun Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablag‘lar hisobidan fuqarolarga ipoteka krediti tijorat banklar tomonidan quyidagi shartlar asosida ajratiladi:

1.Bozor stavkasida;

2.20 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga;

3.Boshlang‘ich badali 15 foizdan* kam bo‘lmagan miqdorda;

4.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi
PF-6186-son
Farmonining 3-ilovasiga muvofiq bir qarz oluvchiga beriladigan ipoteka kreditlarining quyida keltirilgan eng ko‘p miqdorlaridan oshmagan miqdorda:

qishloq joylarda — 238 000 ming so‘mgacha;

shaharlarda — 309 400 ming so‘mgacha;

Toshkent shahrida — 339 150 ming so‘mgacha beriladi.

*shu jumladan, boshlang‘ich badalning eng ko‘p miqdori — 10 foizi uchun subsidiya to‘lanadigan shaxslarni inobatga olgan holda

Bizning yangiliklarimizga obuna bo'ling